SARIQ KASALLIGI HAQIDA.


Sariq kasallik bu bir qator alomatlar tarkibi bo’lib, biluribin ortishi natijasida yuzaga keladi. Bunda: teri, ko’z sklerasi, shilliq qavatlar sarg’imtir bo’lib qoladi. Normada bilirubin taloqda kechadigan eritrotsitlarning parchalanishi jarayonida chiqariladi. U jigarga o’tib, metabolik jarayonlarda ishtirok etgach, organizmni tark etadi.


Ushbu kasallik eng keng tarqalganlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, sariq kasallik ko’pincha iqlimi issiq va sanitariya sharoitlari yomon bo’lgan mamlakatlarda ko’p qayd qilinadi. Masalan, Markaziy Osiyoda deyarli har bir bola ushbu kasallikni boshdan kechiradi. Sharqiy Yevropada virusli kasallikning tarqalganligi yiliga 100 ming aholi boshiga 250 kishini tashkil etadi.

Xalq orasida sariq kasallik deb ko’pincha «gepatit A» yoki «Botkin» kasalligi aytiladi. Bu virusli patologiya organizmning umumiy intoksikatsiyasi va jigar faoliyatining buzilishi bilan birga kechadi. Bundan tashqari, virusli gepatit va gepatit C shuningdek, kasallikning autoimmun, mononukleoz, toksik, bakterial, dorivor shakllari mavjud.

Sariq kasallik rivojlanishida davri bir necha oyga cho’zilishi mumkin. Kasallik davomiyligiga qarab o’tkir, uzoq muddatli yoki surunkali bo’lishi mumkin.

SARIQ KASALLIK ALOMATLARI VA BELGILARI

Kattalarda kasallikning umumiy belgilari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

-  Terining sariqligi;
-  Jigar va taloq o’lchamining kattalashishi;
-  Qonda eritrositlarning ortishi;
-  Qorin sohasida venoz to’r paydo bo’lishi.

Katta yoshlilarda sariq kasalligi terining kuchli qichishi, siydik va najas rangining o’zgarishi bilan namoyon bo’lishi mumkin. Organizmda bilirubinning yuqori kontsentratsiyasi tufayli najas kulrang, siydik esa juda to’q rangga kiradi. Kishi ishtahani yo’qotadi va ko’pincha o’ng qovurg’a ostida spazmatik yoki tortuvchi tabiatli sezilarli og’riqlar tuyadi.


SARIQ KASALLIK RIVOJLANISHI SABABLARI

Kattalarda sariq kasallikka olib kelishi mumkin bo’lgan ko’plab omillar mavjud:

- Jigarda yaxshi yoki yomon sifatli o’sma shakllanishi;

- Safro yo’llarining tug’ma patologiyalari;

- Parazit mikroorganizmlar bilan kasallanish;

- Jigar va o’t pufagi patologiyalari;

- Operatsiyadan keyingi asoratlar;

- Ayrim dori guruhlaridan foydalanish.

SARIQ KASALLIKNI DAVOLASH

Patologiyani davolash usullari bevosita uning shakli va rivojiga bog’liq. Davolash imkon qadar samarali bo’lishini ta’minlash uchun kasallikning sababini aniqlash kerak. O’ta og’ir hollarda esa jarrohlik o’tkaziladi va u jigar ko’chirib o’tkazishni nazarda tutadi.

Konservativ davo quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

  • Dori vositalaridan foydalanish — antigistaminlar, steroidlar.
  • Plazmaferez.
  • Fototerapiya.
  • Parhez tutish.

Davolashning maqsadi virusni yo’qotish, jigar sirrozini oldini olish va kasallikni boshqalarga yuqtirish xavfini kamaytirishdir. Agar kishida gepatitning surunkali autoimmun shakli rivojlangan bo’lsa, kortikosteroidlar bilan davolash belgilanadi.

#qandlidiabet 


Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

BOSH MIYYA SARATONI.

BIRINCHI TEZ TIBBIY YORDAM KO'TSATISH.