QANDLI DIABET QANDAY PAYDO BO'LADI?

Qandli diabet — Qadimga nazar tashlaydigan bo'lsak,Abu Ali ibn Sino bu dardga alohida eʼtibor bergandi. Bu organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik
Kasallik odam badanida issiqlikning oshib ketishi tufayli paydo boʻlishini bildiradi. Qand kasalligi nasliy boʻlishi ham mumkin. Qandli diabetda qonda qand moddasi keskin koʻpayib ketishi hisoblanadi.

Qonda glyukoza miqdorining me’yordan oshib ketishi qandli diabetning birinchi alomati hisoblanadi. Inson organizmida insulin ishlab chiqarilishi uchun me’da osti bezi hujayralari (beta-hujayralar) javobgar. U gormon hujayralarga glyukozani o’zlashtirishga yordam beradi. Qandli diabetda insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, qonda glyukoza miqdori oshadi. 

Bu metabolik kasallik irsiy yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Insulin yetishmasligida terida yiringli va boshqa kasalliklar paydo bo’lishi, tishlar, buyrak, asab tizimi shikastlanishi, ateroskleroz, stenokardiya, gipertoniya rivojlanishi, ko’rishning buzilishi kabi ikkilamchi patologiyalar kuzatiladi.

Alomatlari

Qandli diabet belgilari bosqichma-bosqich rivojlanadi va sekinlik bilan namoyon bo’la boshlaydi. Asosan qonda glyukoza miqdorining yuqori bo’lishi kuzatiladi. Bemorlarda kasallik paydo bo’la boshlanganida quyidagi asosiy alomatlar seziladi:

  • Polidipsiya — qondirib bo’lmas doimiy chanqoqlik.
  • Poliuriya — siydikda erigan glyukoza hisobiga osmotik bosimning ortishi natiajasida kunlik peshob ajralishining oshishi;. 
  • Polifagiya — doimiy ochlik. Modda almashinuvi buzilishi oqibatida yuzaga keladi;
  • Ozib ketish — Hujayralarning energetik almashinuvida uglevod ishtirok etmasligi sababli oqsil va yog’larning faol katabolizmi tufayli sodir bo’ladi

Diabetni patogenetik asoslari kasallik turiga bog’liq. Bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikki turi farqlanadi. Zamonaviy endokrinologiya kasallikning tasniflanishini shartli deb atasa ham, uning har bir turida davolash strategiyasini belgilash muhim ahamiyatga ega.

Kasallik rivojlanishining asosiy sabablariga:

  • Kasalliklar. Insulin ishlab chiqarish uchun javobgar β-hujayralari shikastlanishiga olib keluvchi kasalliklar. Ularga pankreatit, me’da osti bezi saratoni, boshqa endokrin bezlar kasalliklari kiradi.
  • Irsiyat. Albatta, kasallik ta’sir etuvchi omillar bo’lmaganda rivojlanmaydi, lekin moyillik yuqori bo’ladi.
  • Asabiylashish, stress. Stress, asabiylashishdan yiroq bo’lish tavsiya etiladi.
  • Semizlik. Ortiqcha vazn ikkinchi turdagi diabet shakillanishiga olib keladi.
  • Virusli infeksiyalar — suvchechak, qizamiq, yuqumli gepatit va boshqa kasalliklar. Ushbu infektsiyalar diabet rivojlanishiga hissa qo’shadi. Ayniqsa, xavf guruhida bo’lgan insonlar uchun.
  • Yosh. Yosh ortishi bilan har o’n yilda diabet rivojlanish ehtimoli ikki barobarga ortadi.

Hozirgi kunda qandli diabetni davolash ko’pchilik holatlarda simptomatik hisoblanadi va mavjud alomatlarni bartaraf etishga qaratiladi. Ya’ni kasallikning asosiy sababiga qarshi kurashilmaydi, chunki bugungi kunda samarali terapiya dasturi ishlab chiqilmagan. Diabetni davolashda shifokorning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
    • Uglevod almashinuvini
    •  kompentsatsiya qilish;
    • Asoratlarni oldini olish va davolash;
    • Tana vaznini me’yorga keltirish; 
    • Bemorga tushuncha berish.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

BOSH MIYYA SARATONI.

SARIQ KASALLIGI HAQIDA.

BIRINCHI TEZ TIBBIY YORDAM KO'TSATISH.