MIOKARD INFARKT.

MIOKADR INFARKTI.

Bilamizki, miokard infarkti – butun dunyo bo'yicha yurak qon-tomir kasalliklaridan, o‘limga olib keluvchi asosiy kasalliklardan hisoblanadi. Afsuski, ushbu darddan har yili minglab insonlar olamdan ko‘z yummoqda.

Yurak odam vujudining asosiy va murakkab a’zosi sanaladi. Yurak-qon kasalliklari keyingi 20-25 yil ichida ancha ko‘paydi va shifokorlarni tashvishga solmoqda. Kasallik inson o‘z salomatligiga e’tiborsiz bo‘lsa, dard avj olib bezovtalik kuchayib ketsa-da, shifokor huzuriga bormasa, o‘z salomatligiga xavf solib qo‘yishi aniq. Yurak-qon kasalliklari orasida miokard infarkti to‘satdan ro‘y beradigan eng og‘ir va xavfli kasallik hisoblanadi. Qon aylanishi buzilishi natijasida yurak mushagining bir yoki bir qancha qismi nobud bo‘lib, yurak faoliyati izdan chiqadi.

Miokard infarktining kelib chiqish sabablari

  • - Gipertaniya kasalligi
  • - Qandli diabet
  • - Semirib ketish
  • - Kamharakatlilik,
  • - Ruhiy kechinmalar
  • - Kashandalik,
  • - Algogalizm va boshqalar sabab bo‘lishi mumkin.

Ushbu omillar qatoriga yana bir muhim bandni — kishi atrofida yuz berayotgan voqealarni yuragiga yaqin olaverishi holatini qo‘shish mumkin.

Miokard infarktining asosiy belgilari:

  •  ko‘krak qafasining markazi (to‘sh orqasi) g‘ijimlab, achishib og‘riydi. 
  • Yurak bezovta bo‘lganida, ikkala qo‘lga, yuqoriga, orqaga, oyoqlarga, pastki jag‘ sohasiga tarqalib havo yetishmay qoladi. 
  • Og‘riq bir necha soat, ba’zan bir necha sutka davom etadi va bemor bo‘shashadi, muzdek ter bosadi, hatto o‘lim vahimasi boshlanadi, ozgina yursa, zinadan ko‘tarilsa hansirab qoladi.

 Afsuski, kasallik hurujidan so'ng u yana tkrorlanishi mumkin. Insultni boshidan kechirgan bemorlarning taxminan 14 foizi yana shu dardga chalingan. Shuni aytishim lozimki, kasallik takrorlanmasligi uchun hadeb bilib-bilmasdan qimmatbaho dorilarni sotib olish yaramaydi, birinchi navbatda yuqorida nomi tilga olingan omillarni bartaraf etish zarur. Ayrim bemorlarimiz yurak qon-tomirlari kasalliklarining og‘ir turlarini boshlaridan kechirgan bo‘lsalar-da, spirtli ichimlik iste’mol qilaveradilar, chekishni tashlamaydilar, yog‘li, qovurilgan, dudlangan taomlarni iste’mol qilishdan o‘zlarini tiymaydilar.


          Miokard infarktini davolash.

Agar miokard infarktidan shubha qiladigan bo’lsangiz, darhol tez yordamga qo’ng’iroq qiling va bemorga yordam berishni boshlang. Bemorga dastlabki yordam qancha barvaqt berilsa, yakun shuncha ijobiy bo’ladi.

Yurakka tushadigan yukni kamaytirish kerak, shuning uchun bemorni boshini biroz ko’tarib yotqizish kerak. Toza havoni kirishini ta’minlash va bemorni tinchlantirishga harakat qilish kerak, tinchlantiruvchi preparatlar bersa bo’ladi.

Bemor til ostiga nitrogliserin tabletkasini (oldindan maydalash mumkin) solishi va bitta aspirin tabletkasini chaynashi kerak.

Og’riqni kamaytirish uchun bemorga analgetik dori (analgin, baralgin va boshqalar) berish kerak.

Bundan tashqari, bemor bir tabletka panangin yoki 60 tomchi korvalol ichishi mumkin.

 

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

BOSH MIYYA SARATONI.

SARIQ KASALLIGI HAQIDA.

BIRINCHI TEZ TIBBIY YORDAM KO'TSATISH.