OVQATDAN ZAHARLANISH NIMA?

Ovqatdan zaharlanish — hazm qilish buzilishi bilan kechadigan o’tkir kasallik. Buning sababi ko’pincha organizmga oziq-ovqat bilan birgalikda turli mikroorganizmlar kirishi bo’ladi.

Zaharlanishlarni ko’pincha 

  • yaroqlik muddati tugagan sifatsiz, 
  • noto’g’ri sharoitlarda saqlangan yoki
  • sanitariya me’yorlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste’mol qilish keltirib chiqaradi.

Ovqatdan zaharlanish shunindek zaharli qo’ziqorinlar va o’simliklarni tanovul qilishda ham kuzatiladi.

Zaharlanishning dastlabki belgilari sifatsiz oziq-ovqatlarni iste’mol qilgandan so’ng yarim soat ichida kuzatilishi mumkin, lekin ko’pincha 4-6 soat ichida, ba’zan esa bir kundan keyin paydo bo’ladi.

Zaharlanishning odatiy alomatlari:

  • Ich ketishi: axlat, suvli, badbo’y hidli, hazm bo’lmay qolgan oziq-ovqat qoldiqlari bilan); 
  • Kuchli ko'ngil aynashi;
  • Ko’p marta qayt qilish.

Bundan tashqari, zaiflik, bosh aylanishi, tana haroratining ko’tarilishi, varaja qilish, oshqozon sohasida og’irlik va og’riqli spazmlar, ko’p miqdorda so’lak ajralishi xarakterlidir

Ko’pincha zaharlanish belgilari bir hafta ichida mustaqil o’tadi, bunda simptomatik davolash yetarli bo’ladi. Ammo, ayrim hollarda zaharlanish xavfli bo’ladi. 

Quyidagi hollarda tibbiy yordamga murojaat qilish kerak:

  • Ichak va oshqozon kasalliklari fonida kuchli bosh og’rig’i, buyrak, jigar va boshqa ichki a’zolar sohasida og’riq hissi kuzatilsa.
  • Bemorda yuqori isitma, kuchli terlash, chanqoqlik hissi kuzatilsa;
  • Yosh bola yoki qariya zaharlangan bo’lsa;
  • Qo’ziqorin bilan zaharlaganlikka shubha bo’lsa;
  • Kuchli qusish, diareya ikki kun davomida saqlanib tursa;

Zaharlanish belgilari bir haftadan uzoq davom etsa.
Dastlabki belgilari sifatsiz oziq-ovqatlarni iste’mol qilgandan so’ng yarim soat ichida kuzatilishi mumkin, lekin ko’pincha 4-6 soat ichida, ba’zan esa bir kundan keyin paydo bo’ladi.

Oziq-ovqatdan zaharlanishni oldini olishning eng yaxshi usuli — ovqatlanish gigienasi  qoidalariga, ovqatni to’g’ri saqlashga rioya qilishdir.

Ovqatning rangiga, hidiga va ta’miga alohida e’tibor zarur. Ya'ni noxush chirigan hid, ta’mning nordonligi, tilning achishiga haqida o'ylashimiz kerak.. Mahsulot sifati buzilganligi belgisi sifatida, uning yuzasida shilliq hosil bo’lishidan paydo bo'lishi ham mumkin.

Mog’or bilan qoplangan, buzilgan meva va sabzavotlarni, shishgan konserva bankalari va sut va sut mahsulotlari paketlarini afsuslanmasdan tashlab yuborish kerak.



Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

BOSH MIYYA SARATONI.

SARIQ KASALLIGI HAQIDA.

BIRINCHI TEZ TIBBIY YORDAM KO'TSATISH.