INSON XOTIRASI.

XOTIRA.
Inson xotirasi cheklanmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lib, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, xotirani mustahkamlash usullaridan qanchalik ko‘p foydalansak, axborotni eslab qolish ham shunchalik oson kechadi. 

Xotira ham shakllarga ajraladi. Turli ma’lumotlarni, his-tuyg’ularni va taassurotlarni eslab qolish qobiliyatini nevrologik xotira ta’minlaydi. Ko’pincha odam telefon raqami yoki kimningdir tug’ilgan kuni sanasini eslashi qiyinlashayotganini seza boshlaydi. Agarda vaziyat shu tariqa davom etaversa muhim uchrashuvlarni ham unutib qo'yish mumkin.

Eslab qolish qobiliyatining pasayishi ko’proq katta va keksa yoshdagi odamlar uchun xosdir, bu bosh miya faoliyatining yosh o’tishi bilan sodir bo’ladigan o’zgarishlariga bog’liq. Biroq, oxirgi paytlarda xotiraning pasayishi yoshlar orasida ham ortib bormoqda.

Agar muammo surunkali charchoq va stress bilan bog’liq bo’lsa, unda ko’pincha xotirani yaxshilaydigan dorilarsiz ham uni hal etish mumkin. Bunday hollarda, birinchi navbatda, dam olish va kun tartibiga rioya qilish muhimdir. Muntazam uyquga to’ymaslik va salbiy emotsiyalardan qochish kerak. Bo’sh vaqtlarda televizor qarshisida yotmasdan, mantiqiy masalalarni yechish tavsiya etiladi, ular miya faoliyatini yaxshilaydi.

Eng samarali va keng tarqalgan preparatlar orasida: Glitsin, Aminalon, Pantogam, Pirasetam, Fenotropil.

Xotirani yaxshilash uchun neyrobika ham yaxshi samara beradi. Neyrobika — aql uchun gimnastikadir. Buning uchun:

     - Odatiy harakatlarni chap qo’lda bajarishga harakat qiling (chapaqaylar o’ng qo’lda). Bu         miya yarimsharlari orasidagi aloqani kuchaytiradi.

  • - Kundalik yumushlarni yopiq ko’z bilan amalga oshirib ko’ring (ovqatlanish, dush qabul qilish). Miya sezgi a’zolaridan olingan ma’lumotlarni chuqurroq tahlil qilishga to’g’ri keladi.
  • - Bir xilda bajaradigan ishlaringizga yangilik kiriting (masalan har kuni qiladigan ish tartibini o’zgartiring).
  • - «Aql ozuqasi»ga bee’tibor bo’lmang. Ratsionga mevalar, choy va ko’katlarda ko’p bo’lgan antioksidantlarni kiriting.
  • - Stol o’yinlari o’ynang. Turli yo’llarni tanlash va qadamlarni oldindan hisoblab chiqish miyaga «zanglab» qolmaslikka yordam beradi.
  • - Neyrobiolog mutaxassislar xotirani yaxshilash uchun yangi til o’rganishni tavsiya qiladilar.
Tabiatda faol dam olish maqsadga muvofiq bo’ladi; ochiq havoda sayr qilishlar miyada qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa ko’pincha diqqatsizlik va unutuvchanlikni yengish imkonini beradi. Xotira chekish va spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish sababli zaiflashgan bo’lishi mumkin. Yomon odatlardan voz kechish kerak.

Xotirani yaxshilash uchun, albatta, uglevodlar kerak, lekin shirinliklar va oq nonda bo’lgan «tez» uglevodlar emas, dukkaklilar, yormalar, shirin bo’lmagan mevalar va kartoshkada ko’p bo’lgan murakkab uglevodlar zarur. Oq non o’rniga javdari non iste’mol qilish yaxshiroqdir. Suli, guruch va makkajo’xori ham juda foydali.

Bug’doyning qattiq navlaridan tayyorlangan makaron mahsulotlari ham tavsiya etiladi. Pishirishda ishlatiladigan mashhur ziravorlar orasidan mavrak va rozmarin xotiraga ijobiy ta’sir qiladi.

Комментарии

Отправить комментарий

Популярные сообщения из этого блога

BOSH MIYYA SARATONI.

SARIQ KASALLIGI HAQIDA.

BIRINCHI TEZ TIBBIY YORDAM KO'TSATISH.