AUTIZM XASTALIGI BO'YICHA QANCHA MA'LUMOTGA EGAMIZ?

Autizm (grekcha so'z bo'lib, “autos” – “o‘zim”) – bu ruhiyatning o‘ziga xos holati bo‘lib, bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. U yolg‘izlikni yoqtiradi. Yana bir xil xatti-harakat va shunday so‘zlarni takrorlaydi. 
Bu kasallik sindromi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘p uchraydi. 
Autizm bolaning 2-3 yoshlaridan boshlab yuzaga chiqadi. Emizikli bolalarda esa hayotiy xususiyatlar ya’ni ota-onalarni tanish, kulish, qo‘zg‘atuvchilarga bo‘lgan sezgining yo‘qligi: taktil, yorug‘lik, tovush va shu kabilar. Ammo bu yoshda autizm kasalligiga faqatgina aniq belgilar yuzaga chiqsa gumon qilsa bo‘ladi. Shunday qilib, autizmni ko‘pincha oilada aniqlashadi. Autizm diagnozi o‘rtacha 2,5-3 yoshlarda qo‘yiladi. Bu yoshga kelib bolada umumiy belgilar yuzaga kela boshlaydi, o‘z tengdoshlari rivojlanishda oldinga o‘tib ketadi. Bolaning qabul qilib olish, o‘rganish, moslashish xususiyatlari yo‘qoladi yoki sekinlashadi Autizm kasalligida erta aniqlash va ularga alohida erta parvarish qilish bolaning hayotga moslashishida ancha katta yordam beradi.

Autizm kasalligi turlari va sabablari.

Autizm kasalligi yoshga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

  • Erta bolalik autizmi – 2 yoshgacha;
  • Bolalik autizmi – 2-11 yoshgacha;
  • O‘smirlik autizmi 11-18 yoshlargacha.

Har bir davr uchun spetsfik belgilar farqlanadi, ular bola yoshiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Autizm haqidagi ma’lumotlar kasallikni erta aniqlash va uni bartaraf etishga yordam beradi, qancha erta davo boshlansa, bolaning tashqi muhitga adaptatsiyasi shuncha osonlashadi. 

Autizm bolalarda ularning yoshiga, kasallik darajasiga qarab 4 xil ko‘rinishda keladi:

    • Ijtimoiy qoloqlik;
    • Muloqotda o‘z-o‘zi bilan gaplashish; 
    • Har xil qo‘l harakatlari qilish;
    • Umumiy belgilarning erta boshlanishi


2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan autist bolalarda quyidagi bo'linadi.

  • - So‘zlashish qobiliyatining yaqqol buzilishi kattalar kabi iboralar ishlatib gapirish, bir xil so‘zlarni takrorlab yurish, dialogga kirishmaslik;

  • - Xavflardan qo‘rqmaslik: balandlik, avtotrassa, hayvonlardan qo‘rqmaslik, lekin oddiy buyumlardan qo‘rqish, masalan qaynab turgan choynak, elektr yoqgich va shu kabilar;
  • - Harakatlardagi takrorlar aylanib turish, tebranib turish, imo-ishoralarning takrorlanishi;
  • - Jahldorlik, kulgi, vahimaning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi;
  • - Ba’zi bir g‘ayritabiiy holatlarga e’tibor qaratish, masalan eslab qolish qiyin bo‘lgan sonlarni eslab qolish, qo‘shiqlar so‘zlarini esda saqlash, o‘qib bo‘lmaydigan yozuvlar yozish;
O‘smirlik autizmida belgilarga autistning gormonal o‘zgarishlari ham qo‘shiladi. Diagnozni faqatgina belgilarga asoslanib, psixiatr shifokor qo‘yadi. Ko‘pchilik autist bolalar adabiyotlarda keltirilgan autizm belgilariga mos kelmasligi mumkin. Ba’zi hollarda autist bolalar insonlar bilan muloqotga ham kirishishlari mumkin, bu esa diagnoz qo‘yishda qiyinchiliklar tug‘diradi.

Hozirgi kunda autizmni medikamentoz davolash usullari o‘ylab topilmagan. Lekin, uni oxirgi ma’lumotlarga qaraganda «Delfin ovozi» bilan davolash mumkin. Bundan tashqari, ota-onalar pedagog, psixiatr, psixolog, pediatr bilan hamkorlikda bemor bolalar bilan barvaqt shug‘ullansalar, ularning xatti-harakatlarini ijobiy tomonga yo‘naltirishlari mumkin. Davolash maqsadida ortda qolayotgan jihatlarni korreksiya qilish uchun barcha turdagi autist bolalarga mos keladigan quyidagi chora tadbirlar qo‘llash mumkin:

  • Gapirish qobiliyatini yaxshilash maqsadida logoped bilan mashg‘ulotlar olib boorish;
  • So‘zlashish uchun rasmli kartochkalardan foydalanish yoki planshet, kompyuterda so‘zlarni yozib o‘rgatish;
  • Bola bilan har xil o‘yinlar o‘ynash, bir sferada faqat bir mutaxassis bilan;

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

BOSH MIYYA SARATONI.

SARIQ KASALLIGI HAQIDA.

BIRINCHI TEZ TIBBIY YORDAM KO'TSATISH.