JIGAR SIRROZI HAQIDA BIZ BILGAN VA BILMAGANLARIMIZ.

Avvalo, jigar qanday a'zo va uning vazifasi haqida bilib olsak.


Jigar - hazm qildiruvchi organizmdagi eng katta bez hisoblanadi. Qorin boʻshligʻida ya'ni diafragmaning tagida joylashgan bo'lib, rangi qizgʻish-qoʻngʻir.

U ovqatning hazm boʻlishi va soʻrilishida yordam beradi, yogʻ va uglevodlarni zaxiraga yigʻadi. 


JIGAR SIRROZI - Jigar funksiyasi buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ya'ni
  •  Jigar alkogolli sirrozi,
  •  JIgar virusli sirrozi, 
  •  Dori darmondan kelib chiqqan sirroz Jigar toksik sirrozi

Sabablari:
  •  gepatitda ayniqsa, uning B, C, D shakllarida,
  •  oʻt pufagi va oʻt yoʻllarining yalligʻlanishida, 
  •  turli kimyoviy moddalardan va dori-darmonlardan muntazam istemol iqlishda, 
  •  sil, bezgak kabi yuqumli kasalliklarda, shuningdek, alkogolizmdan ham kelib chiqadi.

Uning belgilari kasallik zoʻrayganda bemor darmonsizlanadi, 
  • ozib ketadi, ishtaxasi yo'qoladi, 
  • koʻngli ayniydi, baʼzan qusadi, 
  • ichi ketadi yoki qotadi, qorni dam boʻladi, 
  • tana xarorati koʻtarilib, burni qonaydi, 
  • badani qichishadi, baʼzan sargʻayadi,
  • kamqonlik zo'rayafi, jigari va ayniqsa talogʻi kattalashadi va qattiqlashadi.

Jigar sirrozini davolash uchun dorilar qabul qilish va qat’iy parhezga amal qilish lozim, ayniqsa, alkagoldan tiyilish lozim. Biroq, kasallik rivojlanib bo’lgandan so'ng uni qaytarib bo'lmaydi. Bunda jigarni davolab bo’lmaydi, yagona yo’li — jigar ko’chirib o’tkazish hisoblanadi. 

Asosiysi kasallikka chalinmaslik uchun uni oldini olgan afzal.

Oldini olish: Jigar sirrozi profilaktik chora-tadbirlariga gepatit bilan kasallanishni oldini olishga qaratilgan yondashuvlarni ham kiritish mumkin. Buning uchun, quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi: 

  • Gepatitni malakali gepatolog yordamida davolash va belgilangan tartibga rioya qilish;
  • Dori-darmonlardan o’zboshimchalik bilan foydalanishni cheklash;
  • Shifokor tavsiyasiga ko’ra vitamin va mineral ko'proq qabul qilish;
  • Yog’li, qovurilgan va achchiq ta’mli, konservalangan va yarim tayyor mahsulotlarini iste’mol qilmaslik;
  • Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish;
  • Virusli gepatitga qarshi vaktsina olish.
  • Yomon odatlardan, ayniqsa, alkogolli ichimliklarni cheklash;
Unutmangki, jigardagi surunkali kasalliklar tufayli ichki a’zolarni va teri holatida turli o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Shu boisdan organizmda yo terida biror o‘zgarish kuzatilsa, o‘z bilganingizcha davolanmasdan shifokorga ko‘rinish zarur.


Комментарии

Отправить комментарий

Популярные сообщения из этого блога

BOSH MIYYA SARATONI.

SARIQ KASALLIGI HAQIDA.

BIRINCHI TEZ TIBBIY YORDAM KO'TSATISH.