ALLERGIYA TURLARI, ALOMATLARI UNI DAVOLASH VA OLDINI OLISH.

Allergiya - tashqi muhitga ortiqcha sezuvchanlik paydo bo'lishi. Immun sistemaning javob reaksiya paydo bo'lishi.

Allergik reaktsiyani keltirib chiqaradigan modda «allergen» deb ataladi. Buday modda oziq-ovqat, ichimliklar va atrof-muhitda mavjud bo’lib, ularning ba'zilari zararsiz, ya’ni ko’pchilikda allergiya keltirib chiqarmaydi..


Allergiya Turlari 
  •  Atopik dermatit 
  •  Teri surunkali kasalligi; 
  •  Allergik rinit – halqum shilliq qavati yallig'lanishi;
  •  Allergik konyuktivit – ko'z zararlanishi; 
  •  Pollinoz – gul changiga allergiya; 
  •  Qichima – terida turli o'lchamdagi pufaklar hosil   bo'lishi; 
  •  Ovqat allergiyasi - ma'lum bir ovqat mahsuloti   qabul qilganda belgilar yuzaga   keladi.

Bemor allergiya bilan to’qnashganda reaktsiya darhol yuzaga kelmaydi. 
  • Allergik astma: yo'tal, xansirash, nafas a'zolari buzilishi; 
  • Allergik tumov: aksirish, burun shilliq qavati qichishishi, ajralmalar, tumov; 
  • Allergik konyuktivit: ko'z qizarishi, ko'z yosh oqishi, qovoqlar qichishishi; 
  • Atopik dermatit: qichiydigan toshma toshishi;
  • Anafilaktik shok: xushdan ketish, nafas to'xtashi;
Ikkilamchi belgilar:  Bosh og'riq, Ishtaxa pasayishi, Tez charchash, Ko'ngil aynash, qayt qilish, Jizzakilik.

Allergiyani keltirib chiqaruvchi bir qancha sabablar mavjud. Bular: 
  • Chang, Gul changi,  Quyosh, 
  • Dori moddalari (antibiotiklar), 
  • Ovqat (yong'oq, tuxum, dukkaklilar, asal);
  • Xasharotlar chaqishi; 
  •  Hayvonlar yungi va so'lagi;
  •  Matolar; - Metal; 
  •  Ximik tozalovchi moddalar; 
  •  Giyena vositalari.
Oldini olish.
Davolash allergiyani yengillashtirishga yordam berishi mumkin bo’lsa-da, bemorlar ba’zi allergik ta’sirlardan qochishlari kerak. Turli Chang zarralaridan, Mushuk va itlardan ham uzoqroq turgan maqul, ba'zi oziq-ovqat mahsulotlardan ham tiyilishi lozim.

Davolashning eng samarali usuli — 
allergen ta’siriga duch kelmaslik hisoblanadi. 
Biroq, ba’zida allergendan to’la qutulishning imkoni bo’lmaydi. 

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

BOSH MIYYA SARATONI.

SARIQ KASALLIGI HAQIDA.

BIRINCHI TEZ TIBBIY YORDAM KO'TSATISH.