Сообщения

Сообщения за 2020

INSON XOTIRASI.

Изображение
XOTIRA. Inson xotirasi cheklanmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lib, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, xotirani mustahkamlash usullaridan qanchalik ko‘p foydalansak, axborotni eslab qolish ham shunchalik oson kechadi.  Xotira ham shakllarga ajraladi. Turli ma’lumotlarni, his-tuyg’ularni va taassurotlarni eslab qolish qobiliyatini nevrologik xotira ta’minlaydi. Ko’pincha odam telefon raqami yoki kimningdir tug’ilgan kuni sanasini eslashi qiyinlashayotganini seza boshlaydi. Agarda vaziyat shu tariqa davom etaversa muhim uchrashuvlarni ham unutib qo'yish mumkin. Eslab qolish qobiliyatining pasayishi ko’proq katta va keksa yoshdagi odamlar uchun xosdir, bu bosh miya faoliyatining yosh o’tishi bilan sodir bo’ladigan o’zgarishlariga bog’liq. Biroq, oxirgi paytlarda xotiraning pasayishi yoshlar orasida ham ortib bormoqda. Agar muammo surunkali charchoq va stress bilan bog’liq bo’lsa, unda ko’pincha xotirani yaxshilaydigan dorilarsiz ham uni hal etish mumkin. Bu

AUTIZM XASTALIGI BO'YICHA QANCHA MA'LUMOTGA EGAMIZ?

Изображение
Autizm (grekcha so'z bo'lib, “autos” – “o‘zim”) – bu ruhiyatning o‘ziga xos holati bo‘lib, bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. U yolg‘izlikni yoqtiradi. Yana bir xil xatti-harakat va shunday so‘zlarni takrorlaydi.  Bu kasallik sindromi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘p uchraydi.  Autizm bolaning 2-3 yoshlaridan boshlab yuzaga chiqadi. Emizikli bolalarda esa hayotiy xususiyatlar ya’ni ota-onalarni tanish, kulish, qo‘zg‘atuvchilarga bo‘lgan sezgining yo‘qligi: taktil, yorug‘lik, tovush va shu kabilar. Ammo bu yoshda autizm kasalligiga faqatgina aniq belgilar yuzaga chiqsa gumon qilsa bo‘ladi. Shunday qilib, autizmni ko‘pincha oilada aniqlashadi. Autizm diagnozi o‘rtacha 2,5-3 yoshlarda qo‘yiladi. Bu yoshga kelib bolada umumiy belgilar yuzaga kela boshlaydi, o‘z tengdoshlari rivojlanishda oldinga o‘tib ketadi. Bolaning qabul qilib olish, o‘rganish, moslashish xususiyatlari yo‘qoladi yoki sekinlashadi Autizm kasalligida erta aniqlash va ula

ALLERGIYA TURLARI, ALOMATLARI UNI DAVOLASH VA OLDINI OLISH.

Изображение
Allergiya - tashqi muhitga ortiqcha sezuvchanlik paydo bo'lishi. Immun sistemaning javob reaksiya paydo bo'lishi. Allergik reaktsiyani keltirib chiqaradigan modda «allergen» deb ataladi. Buday modda oziq-ovqat, ichimliklar va atrof-muhitda mavjud bo’lib, ularning ba'zilari zararsiz, ya’ni ko’pchilikda allergiya keltirib chiqarmaydi.. Allergiya Turlari   Atopik dermatit   Teri surunkali kasalligi;   Allergik rinit – halqum shilliq qavati yallig'lanishi;  Allergik konyuktivit – ko'z zararlanishi;   Pollinoz – gul changiga allergiya;   Qichima – terida turli o'lchamdagi pufaklar hosil   bo'lishi;   Ovqat allergiyasi - ma'lum bir ovqat mahsuloti   qabul qilganda belgilar yuzaga   keladi. Bemor allergiya bilan to’qnashganda reaktsiya darhol yuzaga kelmaydi.  Allergik astma:  yo'tal, xansirash, nafas a'zolari buzilishi;  Allergik tumov: aksirish, burun shilliq qavati qichishishi, ajralmalar, tumov;  Allergik konyuktivit: ko'z qizarishi, ko'z yo

BIRINCHI TEZ TIBBIY YORDAM KO'TSATISH.

Изображение
Birinchi yordam — toʻsatdan kimdir kasal boʻlib qolganda yoki baxtsiz hodisa ro'y berganda kasalxonaga yetib borguncha yoki tibbiy xodim yetib kelguncha uning hayotini saklab qolish uchun amalga oshiriladigan harakat. Birinchi yordamni inson o'zi-o'ziga (albatta, hushi o'zida bo'lganida) yoki boshqalar tomonidan koʻrsatilishi mumkin. Birinchi yordam qoidalari.   Xushdan ketish kislorod yetishmovchiligidan yuzaga keladi ya'ni miyada qon aylanish buziladi. Shunda, organizm tanani o‘chirishga buyruq beradi. Bunday holatda – inson tetiklashtiruvchi havo oqimi ko‘paygandagina tezroq o‘ziga keladi. Shunday qilib bemorni oyna yaqiniga yotqizib, uni havo to‘suvchi kiyimini yechamiz. Bunday holda yuzga suv purkash va nashatir spirti hidlatish zarar qilmaydi. Sun'iy nafas har bir inson bilishi kerak bo‘lgan reanimatsion xatti-harakatlar hisoblanadi. Bemorga kislorod yetkazish uchun yuzma-yuz nafas olishning o mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmo

JIGAR SIRROZI HAQIDA BIZ BILGAN VA BILMAGANLARIMIZ.

Изображение
Avvalo, jigar  qanday a'zo va uning vazifasi haqida bilib olsak. Jigar -   hazm qildiruvchi organizmdagi eng katta bez hisoblanadi.  Qorin boʻshligʻida ya'ni diafragmaning tagida joylashgan bo'lib, rangi qizgʻish-qoʻngʻir. U ovqatning hazm boʻlishi va soʻrilishida yordam beradi ,  yogʻ va uglevodlarni zaxiraga yigʻadi.  JIGAR SIRROZI -  Jigar funksiyasi buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ya'ni   J igar alkogolli sirrozi,  JIgar virusli sirrozi,   Dori darmondan kelib chiqqan sirroz Jigar toksik sirrozi Sabablari:  gepatitda ayniqsa, uning B, C, D  shakllarida,  oʻt pufagi va oʻt yoʻllarining yalligʻlanishida,   t urli kimyoviy moddalardan va dori-darmonlardan muntazam istemol iqlishda,   sil, bezgak  kabi yuqumli kasalliklarda,  shuningdek, alkogolizmdan ham kelib chiqadi. Uning belgilari kasallik zoʻrayganda bemor darmonsizlanadi,  ozib ketadi,  ishtaxasi yo'qoladi,  koʻngli ayniydi, baʼzan qusadi,  ichi ketadi yoki qotadi, qorni dam boʻladi,  tana xarora

OVQATDAN ZAHARLANISH NIMA?

Изображение
Ovqatdan zaharlanish   — hazm qilish buzilishi bilan kechadigan o’tkir kasallik. Buning sababi ko’pincha organizmga oziq-ovqat bilan birgalikda turli mikroorganizmlar kirishi bo’ladi. Zaharlanishlarni ko’pincha  yaroqlik muddati tugagan sifatsiz,  noto’g’ri sharoitlarda saqlangan yoki sanitariya me’yorlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste’mol qilish keltirib chiqaradi. Ovqatdan zaharlanish shunindek zaharli qo’ziqorinlar va o’simliklarni tanovul qilishda ham kuzatiladi. Zaharlanishning dastlabki belgilari sifatsiz oziq-ovqatlarni iste’mol qilgandan so’ng yarim soat ichida kuzatilishi mumkin, lekin ko’pincha 4-6 soat ichida, ba’zan esa bir kundan keyin paydo bo’ladi. Zaharlanishning odatiy alomatlari: Ich ketishi: axlat, suvli, badbo’y hidli, hazm bo’lmay qolgan oziq-ovqat qoldiqlari bilan);  K uchli  ko'ngil aynashi ; Ko’p marta qayt qilish.    Bundan tashqari, zaiflik, bosh aylanishi, tana haroratining ko’tarilishi, varaja qilish, oshqozon sohasida og’irlik va

QANDLI DIABET QANDAY PAYDO BO'LADI?

Изображение
Qandli diabet  —  Qadimga nazar tashlaydigan bo'lsak,Abu Ali ibn Sino bu dardga alohida eʼtibor bergandi. Bu o rganizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik Kasallik odam badanida issiqlikning oshib ketishi tufayli paydo boʻlishini bildiradi. Qand kasalligi nasliy boʻlishi ham mumkin. Qandli diabetda qonda qand moddasi keskin koʻpayib ketishi hisoblanadi. Qonda glyukoza miqdorining me’yordan oshib ketishi qandli diabetning birinchi alomati hisoblanadi. Inson organizmida insulin ishlab chiqarilishi uchun me’da osti bezi hujayralari (beta-hujayralar) javobgar. U gormon hujayralarga glyukozani o’zlashtirishga yordam beradi. Qandli diabetda insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, qonda glyukoza miqdori oshadi.  Bu metabolik kasallik irsiy yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Insulin yetishmasligida terida yiringli va boshqa kasalliklar paydo bo’lishi, tishlar, buyrak, asab tizimi shikastlanishi, ateroskleroz, stenokardiya, gipertoniya

SARIQ KASALLIGI HAQIDA.

Изображение
SARIQ KASALLIGI Sariq kasallik bu bir qator alomatlar tarkibi bo’lib,  biluribin  ortishi natijasida yuzaga keladi. Bunda: teri, ko’z sklerasi, shilliq qavatlar sarg’imtir bo’lib qoladi. Normada bilirubin taloqda kechadigan eritrotsitlarning parchalanishi jarayonida chiqariladi. U jigarga o’tib, metabolik jarayonlarda ishtirok etgach, organizmni tark etadi. Ushbu kasallik eng keng tarqalganlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, sariq kasallik ko’pincha iqlimi issiq va sanitariya sharoitlari yomon bo’lgan mamlakatlarda ko’p qayd qilinadi. Masalan, Markaziy Osiyoda deyarli har bir bola ushbu kasallikni boshdan kechiradi. Sharqiy Yevropada virusli kasallikning tarqalganligi yiliga 100 ming aholi boshiga 250 kishini tashkil etadi. Xalq orasida sariq kasallik deb ko’pincha «gepatit A» yoki «Botkin» kasalligi aytiladi. Bu virusli patologiya organizmning umumiy intoksikatsiyasi va jigar faoliyatining buzilishi bilan birga kechadi. Bundan tashqari, virusli gepatit va gepatit C shuningdek, kasallikn

BOSH MIYYA SARATONI.

Изображение
Bosh miya saratoni  — boshlang’ich joylashuvi bosh miya to’qimasi bo’lgan va hujayralar tuzilmasi, kelib chiqishi sabablari, klinik kechishi va terapiya natijalari bilan farq qiluvchi yomon sifatli o’smalarni o’z ichiga oluvchi umumlashtirilgan nomdir. Markaziy asab tizimida paydo bo’ladigan bosh miya saratoni juda kam uchraydigan kasallik hisoblanadi. Odatda, 8 yoshgacha bo’lgan bolalik davrida kuzatiladi. Bolalarda tarqalganligi bo’yicha miya saratoni qon hosil qilish tizimining yomon sifatli patologiyalaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Katta yoshdagi bemorlarning yoshi — 65-80 yosh. Erkaklar biroz ko’proq kasallanishadi, ammo meningiomalar asosan ayollarda kuzatiladi. Bosh miya saratoni sabablari Miya o’smalari rivojlanishining asosiy sababi tashqi omillar deb hisoblanadi:  - radiatsiya, kanserogenlar, gormonal buzilish, virusli infektsiyalar. Ushbu qo’zg’atuvchilar hujayralardagi genlar shikastlanishini keltirib chiqaradi va ularning mutatsiyasiga olib keladi. Miya saratonining

MIOKARD INFARKT.

Изображение
MIOKADR INFARKTI. Bilamizki, miokard infarkti – butun dunyo bo'yicha yurak qon-tomir kasalliklaridan, o‘limga olib keluvchi asosiy kasalliklardan hisoblanadi. Afsuski, ushbu darddan har yili minglab insonlar olamdan ko‘z yummoqda. Yurak odam vujudining asosiy va murakkab a’zosi sanaladi. Yurak-qon kasalliklari keyingi 20-25 yil ichida ancha ko‘paydi va shifokorlarni tashvishga solmoqda. Kasallik inson o‘z salomatligiga e’tiborsiz bo‘lsa, dard avj olib bezovtalik kuchayib ketsa-da, shifokor huzuriga bormasa, o‘z salomatligiga xavf solib qo‘yishi aniq. Yurak-qon kasalliklari orasida miokard infarkti to‘satdan ro‘y beradigan eng og‘ir va xavfli kasallik hisoblanadi. Qon aylanishi buzilishi natijasida yurak mushagining bir yoki bir qancha qismi nobud bo‘lib, yurak faoliyati izdan chiqadi. Miokard infarktining kelib chiqish sabablari - Gipertaniya kasalligi - Qandli diabet - Semirib ketish - Kamharakatlilik, - Ruhiy kechinmalar - Kashandalik, - Algogalizm va boshqalar sabab bo‘lishi mum