INSON XOTIRASI.
XOTIRA. Inson xotirasi cheklanmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lib, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, xotirani mustahkamlash usullaridan qanchalik ko‘p foydalansak, axborotni eslab qolish ham shunchalik oson kechadi. Xotira ham shakllarga ajraladi. Turli ma’lumotlarni, his-tuyg’ularni va taassurotlarni eslab qolish qobiliyatini nevrologik xotira ta’minlaydi. Ko’pincha odam telefon raqami yoki kimningdir tug’ilgan kuni sanasini eslashi qiyinlashayotganini seza boshlaydi. Agarda vaziyat shu tariqa davom etaversa muhim uchrashuvlarni ham unutib qo'yish mumkin. Eslab qolish qobiliyatining pasayishi ko’proq katta va keksa yoshdagi odamlar uchun xosdir, bu bosh miya faoliyatining yosh o’tishi bilan sodir bo’ladigan o’zgarishlariga bog’liq. Biroq, oxirgi paytlarda xotiraning pasayishi yoshlar orasida ham ortib bormoqda. Agar muammo surunkali charchoq va stress bilan bog’liq bo’lsa, unda ko’pincha xotirani yaxshilaydigan dorilarsiz ham uni hal etish mumkin. Bu